Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi boshlanmoqda
Bugun Yunusobod tumanidagi Gimnastika saroyida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga start beriladi.
Reglamentga koʻra, bugun soat 14:30 dan sportchilar saralash doirasidagi chiqishlarini boshlashadi. Soat 18:00 da esa musobaqaning tantanali ochilish marosimi oʻtkaziladi. Dastlab xalqa va toʻpda yakkalik, soʻng guruh mashqining 5 ta halqadagi yoʻnalishi boʻyicha kvalifikatsion bahslar boʻlib oʻtadi.
Yakkalik dasturda quyidagi sportchilarimiz ishtirok etadi:
Sabina Tashkenbayeva,
Taxmina Ikromova,
Guruh mashqlarida ishtirok etadigan tarkibimiz:
Shahzoda Ibragimova,
Nargiza Jumaniyazova,
Nilufar Aʼzamova,
Mumtoza Ishoqzoda,
Mariya Pak,
Xurshida Abduraufova.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentda oʻtayotgan Jahon kubogi bosqichi 17-aprel kuni yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring