Toshkentda “.apk” virusli dasturlar orqali pul oʻgʻirlagan jinoiy guruh fosh etildi
Videodan kadr
Toshkent shahrida “.apk” viruslarini yaratib, fuqarolarning pul mablagʻlarini oʻgʻirlash bilan shugʻullanib kelgan jinoiy guruh qoʻlga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, respublika boʻylab eʼlon qilingan “Xavfsiz kibermakon” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda uning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida bir guruh shaxslar Android qurilmalari uchun yaratilgan “.apk” kengaytmali viruslarni fuqarolarga joʻnatib, ularning SMS xabarnomalari, qoʻngʻiroqlar hamda kontakt maʼlumotlarini oʻzlashtirish bilan shugʻullanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu virusli dasturlar esa Telegram'dagi guruhga ulangani, bu guruhda 11 nafar turli mamlakat vakillari jamlangani hamda ular fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlarini oʻgʻirlab kelayotgani maʼlum boʻlgan.

Toshkent shahrida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu guruhning 5 nafar aʼzosi qoʻlga olingan. Ushbu shaxslarning yashash manzillari va telefon qurilmalari koʻzdan kechirilganida ular 133 nafardan ortiq fuqaroning jami 3 mlrd soʻmga yaqin pul mablagʻlarini oʻgʻirlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan. Hozirda ushbu jinoiy guruhga aloqador boʻlgan boshqa shaxslarni aniqlash boʻyicha respublika boʻylab tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring