Toshkentda 3 mlrd soʻmlik noqonuniy dori sotgan ota-bola ushlandi

21:16 13 Fevral 2026 Jamiyat
409 0

Videodan kadr

Davlat xavfsizlik xizmati DXX va Bojxona organlari xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda 3 milliard soʻmlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari savdosi toʻxtatib qolindi. Bu haqda “Xavfsizlik” Telegram kanalida xabar berildi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida yashovchi, 1969 va 1997-yillarda tugʻilgan ota-bola oʻz yashash xonadonida aylanma yoʻllar orqali olib kelingan dori vositalarini saqlashga moʻljallangan yashirin ombor tashkil qilib, u yerda dori vositalarini saqlash hamda dorixonalarga oʻtkazish bilan shugʻullanishgan.

Tezkor tadbir davomida qonunbuzarlarga tegishli xonadon va avtomobil koʻzdan kechirilganda, asosan Turkiya va Hindiston davlatlarida ishlab chiqarilgan “Dyuspatalin”, “Novomiks”, “Galvus MET” kabi 87 turdagi, jami 133 374 dona, taxminiy qiymati 3 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan dori vositalari hamda 50 ming AQSH dollari, 10,6 mln soʻm va 150 nafar shaxsga tegishli boʻlgan bank plastik kartalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda dori vositalari namunalari ekspertizadan oʻtkazish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga yuborilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер