Toshkentda 1,7 mlrd soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Foto: Prokratura departamenti
Toshkent shahrida 1,7 mlrd soʻmlik elektr energiyasini oʻgʻirlagan MChJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning poytaxt boshqarmasi, IIBB va “Oʻzenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. Tadbirda “K.Y.” MChJ masʼul shaxslari korxonaning ishlab chiqarish binosida oʻrnatilgan elektr hisoblagichiga tashqi taʼsir koʻrsatib, tijorat maqsadida 2 mln kVt/s elektr energiyasidan oʻgʻirlik yoʻli bilan foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,7 mlrd soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring