Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

16:53 23 Iyun 2025 Jamiyat
230 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh qizcha tok urishi oqibatida vafot etgani tasvirlangan videolar tarqaldi. Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, voqea joriy yilning 30-may kuni taxminan soat 18:00 da Mirobod tumanida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni 2014-yilda tugʻilgan N.A. Amir Temur koʻchasida joylashgan savdo doʻkonlardan birining tom qismiga ukasining oʻyinchogʻini olib tushish uchun narvon yordamida chiqqan. U qaytib tushayotgan vaqtida tom qismiga yaqin joydan oʻtgan elektr simini ushlab olgan va tok urishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tuman IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, odam oʻlishiga sabab boʻlsa) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер