Toshkent viloyatida yangi masjid foydalanishga topshirildi

06:11 23 Mart 2023 Madaniyat
723 0

Xalqimizning azaliy qadriyatlari timsoli boʻlgan Navroʻz umumxalq bayrami arafasida Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanidagi Qahramon mahallasi yanada fayzli hududga aylandi.

Bu yerda Muborak Ramazon tuhfasi sifatida qad rostlagan yangi jomye masjid binosi foydalanishga topshirildi. Eʼtiborli jihati shundaki, unga Uning imom al-Buxoriy nomi berildi.

Mazkur obyektning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda diniy ulamolar, nuroniylar, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

— Shukrlar boʻlsinki, qishlogʻimiz aholisi hamda himmatli kishilar gʻayrati bilan bu yilgi Ramazon oyi ibodatlari yangi, zamonaviy loyiha asosida qad rostlagan jomye masjidida oʻqiladigan boʻldi, — deydi ushbu masjid imom-xatibi Bobur Ahmurodov. — Mamlakatimizda fuqarolarimizning emin-erkin ibodat qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar koʻlami yildan-yilga ortmoqda.

Taʼkidlash joizki, taʼmirtalab holatdagi eski bino oʻrnida qurilgan muhtasham va barcha qulaylikka ega ushbu masjidda bir vaqtning oʻzida 900 nafar kishi ibodat qilish imkoniyatiga ega.

Shodiyor MUTAHAROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?