Toshkent viloyatida VI – XVII asrlarga oid mis tangalar topildi
Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan “Xoʻja” mahallasidagi xonadonlardan biridan mis tangalar topildi.
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi, Madaniy meros agentligi, Arxeologik tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish boshqarmasi masʼullari tomonidan tangalarning soni 939 ta ekanligi aniqlandi.
Fanlar akademiyasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, mis tangalar topilgan joy koʻzdan kechirilib, ularning diametri 115 santimetr boʻlgan oʻraning yer sathidan 40-50 santimetr chuqurlikda, bir joyda toʻplangan holda topilganligi, tangalar topilgan joydagi tuproq orasidan oʻlchami 25x25x5 santimetr boʻlgan pishiq gʻisht boʻlagi, moviy rangda sirlangan va sirlanmagan idishlarning mayda parchalari topildi.
Tangalarni dastlabki oʻrganish uzoq vaqt davomida yer ostida, nam tuproqqa qorishib chiriganligi sababli ularning har ikkala tomonining yuzalari tekislanib ketgan. Tangalarning ayrimlariga ishlov berilib, tozalanishi ularda doira shakldagi halqa va uning ichiga arab harflaridagi yozuv bitilganligi maʼlum boʻldi. Tozalangan tangalardan ayrimlarining bir tomonida «Zarb Toshkent ( )” yozuvigina oʻqildi. Ikkinchi tomonini oʻqishning imkoni boʻlmadi. Ammo avval aniqlangan, aynan ularga oʻxshash tangalar bilan qiyosiy tahlil yangi topilgan xazina XVI asr oxiri – XVII asr boshlariga tegishli ekanligini koʻrsatdi. Tangalar topilgan joydan aniqlangan boshqa ashyoviy dalillar - 25x25x5 santimetr hajmdagi pishgan gʻishtlar, moviy rangdagi sirlangan va sirsiz sopol idish siniqlari ham yuqorida koʻrsatilgan davrga tegishli.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring