Toshkent viloyatida tarix muzeyi tashkil etildi
Yuqori Chirchiq tumani T.G.Xvan mahalla fuqarolari yigʻinida joylashgan bu bino Ichki ishlar organining mahalliy idorasi hisoblanadi. Uni sobiq militsiya mayori, 90 yoshli Sabriddin Nosirov tashkil qilgan.
Ushbu muzey binosi 1962-yilda qurilgan boʻlib, dastlab tikuv sexi, pochta aloqa boʻlimi boʻlgan. 1971-yilda esa qishloq tayanch punkti tashkil etilgan. Shundan soʻng, 1973-yil 3-oktyabr kuni ushbu tayanch punktiga sobiq SSSR Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik N.A.Sholokov tashrifida kichik leytenant Nosirov Sabriddin Gapparovich bilan suhbatlashib, kapitan unvonini bergan.
Tayanch punkti ish boshlagach, 11 ta xorijiy davlatlardan, yaʼni Germaniya, Rossiya, Vyetnam, Hindiston, Yaponiya va qator chet davlatlardan Oliy martabali mehmonlar, 14 ta Respublika Ichki ishlar vazirligi rahbarlari shu yerga kelib, punkt faoliyati bilan tanishgan edi. Oʻsha paytlarda tumanda 3 ta profilaktika inspektori faoliyat yuritib, kapitan S.Nosirovga xizmat oti biriktirilgan. U 17 ta qishloq, 5 ta umumtaʼlim maktabi va u yerda taʼlim oluvchi 3,5 mingga yaqin oʻquvchilarga masʼul edi. Sabriddin ota oʻz davrida qishloq soveti raisi, Sovet ittifoqi qahramoni Xvan Man Gыm bilan hamkorlikda ish faoliyatini havas qilarli darajada olib borgan.
Muzeyning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirining axborot texnologiyalari boʻyicha oʻrinbosari, polkovnik N.Toʻraxoʻjayev, Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general mayor T.Aripov, tuman hokimi U.Atemov, S.Nosirov, soha vakillari va hudud faollari qatnashdi.
Qishloq tayanch punkti tarix muzeyiga kirar ekansiz, oʻsha davrning fotojamlanmalari, texnik uskunalar, maxsus kiyimlar hamda videolavhalarning guvohi boʻlasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring