Toshkent viloyatida suvdan qariyb 17 mlrd soʻm qarzdorlik MIB orqali undirildi

13:47 20 Avgust 2025 Jamiyat
94 0

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatida joriy yilda sud qaroriga asosan ichimlik suvi bilan taʼminlovchi korxonalar foydasiga 17 milliard soʻmga yaqin qarzdorliklar undirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy yilda “Toshkent suv taʼminoti” AJ foydasiga 3 459 ta ijro hujjatlari boʻyicha 16,9 milliard soʻm qarzdorlik amalda undirilgan.

Bundan tashqari, qoldiqdagi ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida 1 milliard soʻmlik 436 ta ishlar boʻyicha undiruv qarzdorlarning ish haqlariga yoʻnaltirilgan.

Shu kabi holatlardan birida qarzdor “E. S. A.” korxonasidan undiruvchi “Toshkent suv taʼminoti” AJ foydasiga 408,8 million soʻm undirish belgilangan boʻlib, ushbu qarzni undirish maqsadida olib borilgan ijro harakatlari davomida undiruvchi korxona foydasiga qarzdorlik toʻliq undirib berilgan.

Avvalroq Toshkent shahri Uchtepa tumanida qarzdor ota 4 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun 2,4 milliard soʻm aliment mablagʻlarini oldindan toʻlab bergani toʻgʻrisida xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер