Toshkent viloyatida qariyb 2 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi

18:57 22 Fevral 2025 Jamiyat
281 0

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 1,6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hududida gaz taʼminoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz taʼminoti boʻlimi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Oʻzenergoinspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan reydlarda qonunbuzilish holatlari aniqlanmoqda.

Shu kabi tadbirlardan birida Zangiota tumani “Istiqlol” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.B. oʻz xonadonida issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmogʻiga hisoblagichdan oldin oʻzboshimchalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.

Holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million soʻmlik zarar hisoblangan.

Shuningdek, Qibray tumanining “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.R. xonadonida issiqxona tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga oʻzboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi”dan noqonuniy foydalanib kelgani maʼlum boʻlgan.

Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va 291 million 926 ming soʻmlik zarar aniqlangan.

Hozirda mazkur noqonuniy holatlar boʻyicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер