Toshkent viloyatida kadastr muhandisi pora bilan qoʻlga tushdi

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoniga egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berishni vaʼda qilgan kadastr muhandisi qoʻlga olindi. Bu haqida “Xavfsizlik” Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Davlat kadastrlar palatasining Oqqoʻrgʻon tuman filiali kadastr muhandisi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonuni doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1 ming 200 AQSH dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda qonunbuzarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring