Toshkent viloyatida kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan ushlandi
Foto: DXX
Davlat kadastrlar palatasining Toshkent viloyati boshqarmasi Boʻstonliq tuman filiali xodimi 5 ming dollar pora olgan vaqtida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur mansabdor shaxs Boʻstonliq tumanida joylashgan 8 sotix yer maydonidagi xonadonning kadastr hujjatlarini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.
DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda kadastr xodimi soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring