Toshkent viloyatida yoʻlovchi tashuvchi avtobus va “Cobalt” ishtirokida YTH yuz berdi

17:16 24 Iyun 2025 Jamiyat
181 0

23-iyun kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida yoʻlovchi tashuvchi avtobus va “Cobalt” avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB Matbuot xizmati xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, hodisa soat taxminan 17:00 larda Qibray tumani hududidan oʻtgan D-006 “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” avtomobil yoʻlining 6-kilometrida sodir boʻlgan. Unda bir yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan 1983-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi “MAN” rusumli avtobus hamda 1997-yilda tugʻilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli yengil avtomobil toʻqnashib ketgan.

“Yoʻl-transport hodisasi natijasida ushbu transport vositalaridan tashqari yana bir necha avtoulovlarga ham shikast yetgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan”, deyiladi xabarda.

Shunga qaramasdan, yoʻl-transport hodisasi natijasida yana bir necha avtoulovlarga ham shikast yetgani taʼkidlandi.

Holat yuzasidan Qibray tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Urgut tuman sudi raisi Temur Rustamovning avtohalokatga uchrab vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgani haqida xabar qilgandik. Mazkur yoʻl-transport hodisasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot bergan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер