Toshkent viloyatida ikki yuz milliondan ortiq soxta soʻmni muomalaga chiqargan shaxslar qoʻlga olindi
Toshkent viloyatida 200 milliondan ortiq soxta soʻmni muomalaga chiqargan erkaklar qoʻlga olindi. Bu haqda “UzNews” xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor tadbirlarni oʻtkazgan. Ular tezkor tadbir davomida Olmaliq shahrida yashovchi 33 yoshli erkak 50 ta soxta 100 ming soʻmlik banknotalarni sotayotganda qoʻlga olishgan. Keyinchalik, fuqaroning uyidan qiymati 2 million 600 ming soʻmlik 100 minglik qalbaki pullar topilgan.
Tergov davomida soxta pullarni rangli printerda Olmaliq shahrida yashovchi 22 yoshli va Pskent tumanida yashovchi 20 yoshli shaxs bosgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi ochildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring