AOKA rahbari jurnalistlar va mahalliy Kengash deputatlarini faollikka chaqirdi

Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev Toshkent viloyatidagi tuman va shahar hokimliklarining Axborot xizmati rahbarlari, bosma nashrlar Bosh muharrirlari, viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV vakillari va blogerlar bilan uchrashdi.

10:44 19.06.2021
Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralari oʻzgartirilmoqda (roʻyxat)

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Unda deputatlar Toshkent viloyatining maʼmuriy-hududiy birliklari chegaralarini oʻzgartish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqmoqda.

12:10 15.06.2021
Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar chegaralari qayta koʻrib chiqiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi qarori bilan, Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtishi belgilandi. Bu haqda Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari Odil Tojiyev maʼlum qildi.

10:46 15.06.2021
Olmaliqda ishdan boʻshatilayotgan ayollar masalasi deputatlar nazoratiga olindi

Aniqlanishicha, “Ammafos-Maxam» AJ bilan jami 99 nafar xodim kasanachi sifatida shartnoma tuzib, ishlab kelgan. Ular korxonaga qarashli boʻlgan oshxona uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirib bergan. 2021-yil 1-mart kunidan eʼtiboran oshxonalar autsorsing shartlari asosida mazkur faoliyat bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga berilgan. Gʻolib...

08:48 13.06.2021
IIBB Olmaliqda “Ona va bola” monumentiga chiqib, nooʻrin harakatlar qilgan 19 yoshli qiz boʻyicha maʼlumot berdi

2-iyun kuni soat taxminan 22:00 lar atrofida Olmaliq shahrida yashovchi 2002-yilda tugʻilgan fuqaro E.Sakiyeva shahar xiyobonda joylashgan “Ona va bola” monumentini ustiga chiqib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, nooʻrin xatti-harakat sodir qilgan va jarayon aks etgan video tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga...

18:41 03.06.2021
Toshkent viloyatida yoʻl boʻyidagi maydonda yongʻin sodir boʻldi

Toshkent viloyati Ohangaron tumani “Shodmalik” MFY hududida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda FVV maʼlum qildi.

18:38 31.05.2021
Yangi masjid qurishga ruxsat berildi

Masjidlar Alloh taologa eng mahbub maskanlardir. Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Shaharlarning Allohga eng mahbub joyi — masjidlaridir” (Imom Muslim rivoyati), deb marhamat qilganlar. Chunki masjidlarda Alloh taologa ibodat qilinadi, U zotga zikrlar aytiladi, tasbehlar tushiriladi.

09:23 28.05.2021
Xayr maktab, assalom mustaqil hayot!

Bugun Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq”  bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi. Jumladan, Nurafshon shahridagi 57-umumtaʼlim maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun eng hayajonli lahzalarga boy boʻlgan, qadrdon maktabi va ustozlari bilan xayrlashuv jarayonida viloyat hokimi Davron Xidoyatov ishtirok etdi.

17:53 25.05.2021
Piskentda nega muammolar koʻpaymoqda?

Ijtimoiy sohadagi ayrim muammolarni hal etish piskentliklar uchun yillar davomida shirin orzuga aylanib qolmoqda. Keksa yoshdagilar yechim topolmagan chigal masalalar bugungi yoshlarni ham oʻylantiryapti. Tuman rahbarlari zimmasida yoshlar va xotin-qizlar bandligi hamda ayollarning jamiyatdagi faolligini taʼminlash, mahallabay ishlash tizimini shakllantirish...

17:26 25.05.2021
Ular buyruqni bajargan – Kudbiyev Olmaliqdagi holatda 11 nafar soliqchi ishdan olinganini aytdi

​​​​​​​Xabaringiz bor, avvalroq, uch nafar soliq inspektori Olmaliqda sotuvchi ayollarning buyumlarini zoʻrlik bilan olib qoʻygani haqida xabar bergan edik.

17:25 24.05.2021
“Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarining ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 30-dekabrdagi “Parlament oʻyinlari” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida» KQ-174-IV-sonli qaroriga asosan Turizm va sport vazirligi bilan hamkorlikda uch bosqichli sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.

21:32 30.04.2021
Olmaliqda ayollar yoʻlning qatnov qismini toʻsib qoʻydi

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida ayollar tomonidan yoʻlning qatnov qismi toʻsilgani haqidagi fotosuratlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Olmaliq qon metallurgiya kombinati axborot xizmati munosabat bildirdi

16:19 30.04.2021
Toshkent viloyatidagi 14 ta maktab va 15 ta sinf karantinga olindi

Joylardagi 18 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻqituvchi va oʻquvchilari orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda oʻquv jarayonlari masofaviy olib borilayapti. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi

11:31 20.04.2021
Intellektual mulk aqlni pulga aylantiradi

Inson tafakkuri va izlanishlari mahsuli boʻlmish intellektual mulk samarasini bugun barcha jabhada koʻrish mumkin. Binobarin, hozir foydalanayotgan zamonaviy texnologiyalar, umuman, kundalik ehtiyojimiz qanoati ana shu salohiyat bilan chambarchas bogʻliq. Mamlakatimizda intellektual mulk qay darajada rivojlanmoqda? Olimu tadqiqotchilarimizga zarur shart-sharoitlar yaratib...

10:01 17.04.2021
Olmaliqda sotuvchi ayollarning buyumlarini zo‘rlik bilan olib qo‘ygan uch nafar soliq inspektori ishdan bo‘shatildi va barcha maxsus unvonlari bekor qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari ekanligi aytilayotgan erkaklarning ayollar bilan tortishuvi aks etgan video tarqalgan edi. Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev mazkur holatga munosabat bildirib, soliq idoralari kuch ishlatar organ emasligini ta’kidlagan va fuqarolardan uzr so‘ragan edi.

11:33 16.04.2021
Soliq idoralari kuch ishlatar tashkilot emas — Kudbiyev xalqdan uzr soʻradi

Ijtimoiy tarmoqlarda soliq xodimlari ekanligi aytilayotgan erkaklarning ayollar bilan tortishuvi aks etgan video tarqaldi.

14:39 15.04.2021
"Vatanparvar” tashkiloti haydovchilar tayyorlaydigan maskan emas – Husan Botirov

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 7-10-aprel kunlari tashkilotning Toshkent viloyati tumanlaridagi boʻlinmalarida oʻrganish oʻtkazdi.

11:39 14.04.2021
Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun ajratilgan 500 millionga yaqin mablagʻ talon-toroj qilindi 

Toshkent viloyati Bekobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarni talon-toroj qilgan MCHJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

13:39 06.04.2021