Toshkent viloyatida “Damas”ni poyezd urib yubordi
Videodan kadr
Toshkent viloyatida temiryoʻliga tiqilib qolgan “Damas”ni poyezd urib yubordi. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” matbuot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 15-dekabr kuni “Dalaguzar—Nazarbek” temiryoʻl kesishmasida sodir boʻlgan. “Damas” haydovchisi taqiqlovchi belgilarga eʼtibor bermay, noqulay ob-havo sharoitida temiryoʻlni kesib oʻtishga harakat qilganida avtomashina temiryoʻllarga tiqilib qolgan.
“Damas” egasi va boshqa avtomashinalar haydovchilari bilan birgalikda mashinani surishga harakat qilgan, ammo buning iloji boʻlmagan.
Yuk poyezdi mashinisti relsda tiqilib qolgan mashinani koʻrib, darhol shoshilinch tormozlashni faollashtirgan. Biroq yuk poyezdining 800 metrdan 1000 metrgacha boʻlgan tormoz masofasi hisobga olinsa, toʻqnashuvning oldini olishning iloji boʻlmagan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring