Toshkent viloyatida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy taʼlim berilayotgani aniqlandi

Toshkent viloyatida noqonuniy diniy taʼlim berish holatlari fosh boʻldi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida, 21 yoshli va 43 yoshli ikki nafar ishsiz fuqaro noqonuniy diniy oʻqish tashkil qilganliklari fosh etildi.
Jumladan, 21 yoshli fuqaro Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan xonadonlardan birida 31 nafar bolalarga, 43 yoshli fuqaro esa Toshkent tumanidagi xonadonlardan birida 12 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bergan.
Noqonuniy faoliyat yuritgan mazkur shaxslar hamda bolalarni tarbiyalash majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan qonunlarda belgilangan tartibda jazo tayinlandi.
Avvalroq Namangan shahrida “Islom Davlati Xuroson Viloyati” xalqaro terroristik tashkilotining yashirin “jamoati” fosh etilgani haqida xabar qilgandik. Ular “jamoat” yigʻilishlarida xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi daʼvatlari faol targʻib qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring