Namanganda xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlari fosh etildi
Namangan shahrida xalqaro terroristik tashkilot tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh aniqlandi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida “Islom Davlati Xuroson Viloyati” xalqaro terroristik tashkilotining yashirin “jamoati” fosh etildi.
Guruhning 16 nafar aʼzolarining yashash manzillari koʻzdan kechirilib, 37 ta uyali aloqa vositalari, 51 dona nashriyoti koʻrsatilmagan diniy adabiyotlar, 40 ta DVD disk, 4 ta flesh-karta hamda Notebook va planshet ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Davlatobod tumanida yashovchi fuqaro tomonidan tashkil etilgan “jamoat” yigʻilishlarida xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyaviy rahnamolarining “jihod” va “shahidlik”ka chorlovchi daʼvatlari faol targʻib qilingan.
Qolaversa, jamoat yetakchisi “Telegram” messenjerida jami 120 nafardan ortiq aʼzosi boʻlgan virtual kanal va guruhlar tashkil qilib, ularda “Islom Davlati” terroristik tashkiloti atributlari, ekstremistik materiallar hamda “jihodiy” mazmundagi audio-video fayllarni tarqatgan hamda jamoat aʼzolari bilan oʻzaro muhokamalar qilgan.
Shuningdek, mazkur virtual kanallarda yoshlarni “shariat hukmi” asosida “jihodiy” ruhda ulgʻaytirish va mamlakatimizdagi siyosiy, ijtimoiy-diniy islohotlarga qarshi norozi kayfiyatda tarbiyalash orqali “Islomiy davlat” asoslarini omma orasida targʻib qilishga qaratilgan “post”lar va diniy daʼvatlar joylashtirib kelingan.
Taʼkidlash lozimki, jamoat yetakchisi 2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil qilingan “hujra”da diniy saboq olishi natijasida uning qarashlarida keskin oʻzgarishlar sodir boʻlgan. Bundan xabar topgan otasi qizining notoʻgʻri yoʻlda ekanligi boʻyicha nasihat qilganida, u oʻz padari buzrukvorini “kofir”ga chiqargan.
Hozirda guruh tashkilotchisi va 3 nafar faol aʼzosiga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Guruhning qolgan aʼzolariga nisbatan ham surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda hujra sharoitida diniy saboq berish holatlari aniqlangani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring