Fargʻonada noqonuniy diniy saboq berish holatlari aniqlandi

Videodan kadr
Huquq-tartibot idoralari xodimlari va tegishli tashkilotlar mutaxassislari hamkorligida Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda hujra sharoitida diniy saboq berish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Jumladan, Yozyovon tumanining Tegirmonboshi MFYda istiqomat qiluvchi 1991-yilda tugʻilgan shaxs oʻz yashash xonadonida, professional maʼlumotga ega boʻlmasdan, 6 nafar voyaga yetmagan bolalarga joriy yilning iyun oyidan boshlab diniy saboq berib kelgani aniqlangan. Maʼlum boʻlishicha, yozyovonlik boʻlgan ushbu bolalarning barchasi mazkur xonadonda yashab, saboq olib kelgan.
Shuningdek, hujra sharoitida saboq berish holati viloyatning Qoʻshtepa tumanida ham fosh etilgan. Unda Mumtoz mahallasida yashovchi 1975-yilda tugʻilgan fuqaro joriy yilning 30-iyun kuni oʻzining yashash manzilida hujra tashkil etgan, u yerda Margʻilon shahrining Charogʻon, Orolboʻyicha va Navroʻz mahallalarida yashovchi 2009, 2013, 2014 va 2015-yillarda tugʻilgan voyaga yetmagan qiz bolalarga, oʻzi diniy taʼlimda yetarli bilimga ega boʻlmay turib, saboq berib kelgani aniqlangan.
Shu kabi holat Dangʻara tumanida ham kuzatilib, unda Tangriqul mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1963-yilda tugʻilgan fuqaro yashash manzilida 2011, 2012 va 2015-yillarda tugʻilgan 4 nafar bolalarga, joriy yilning iyun oyi boshlaridan buyon diniy saboq berib kelgani maʼlum boʻlgan.
Tegishli ruxsatnomaga ega boʻlmay turib diniy saboq berish holati Fargʻona viloyatining Fargʻona tumani Vodil mahallasida joylashgan oʻquv markazida ham fosh etilgan. Mazkur oʻquv markazida diniy saboq berish mumkin boʻlmasada, 1997-yilda tugʻilgan Fargʻona tumanida yashovchi shaxs 28 nafar voyaga yetmagan bolaga diniy taʼlim berib kelgan.
DXXga koʻra, hozirgi paytda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonun doirasida sud idoralariga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring