AQSH diniy erkinlikka qarshi jinoyatlarga aloqador shaxslarga viza berishni toʻxtatadi
AQSH davlat kotibi Marko Rubio Vashington diniy erkinlikka qarshi qaratilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarga aloqador shaxslarga vizalar berishni cheklashi haqida maʼlum qildi. U bu haqda X (Twitter) ijtimoiy tarmogʻida yozdi.
— AQSH Nigeriyada va butun dunyo boʻylab nasroniylarga nisbatan sodir etilayotgan vahshiyliklar va zoʻravonliklarga qatʼiy javob choralarini koʻrmoqda. Davlat departamenti diniy erkinlikka qarshi jinoyatlarni ataylab boshqaradigan, yoʻl qoʻyadigan, moliyalashtiradigan, qoʻllab-quvvatlaydigan yoki amalga oshiradigan shaxslarga nisbatan viza berishni cheklaydi, — deb yozdi Rubio.
Mazkur cheklovlar birinchi navbatda Nigeriyaga qaratilgan boʻlsada, ular dunyoning istalgan davlatiga tegishli boʻlgan shaxslarga nisbatan ham amal qiladi.
Noyabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Nigeriyada nasroniylarni himoya qilish maqsadida Pentagonga ehtimoliy kuch ishlatish choralarini tayyorlash boʻyicha topshiriq bergan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Oʻzbekistonga nechta davlatdan turistlar kelayotgani ochiqlandi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring