Toshkent viloyatida 28,6 tonna koʻmirni noqonuniy sotilishining oldi olindi

17:45 15 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
550 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Angren shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Chinobod” MFY hududida “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, fuqaro N.X. faoliyati tugatilgan “K.B.” MCHJning soxta yuk xati asosida aholi uchun ajratilgan 28,6 tonna koʻmirni qayta sotish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?