Toshkent viloyatidagi YTHda piyoda jabrlandi
Toshkent viloyatining Toshkent tumani hududidan oʻtgan M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan YTHga viloyat IIBB YHXB munosabat bildirdi.
Unga koʻra, hodisa yoʻlining 812 kilometrida 4-mart kuni soat taxminan 12:40 larda sodir boʻlgan.
2005-yilda tugʻilgan haydovchi A.S “Toyota Lexus” mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoʻl chetidagi harakatsiz turgan “Nexia” avtomobilini va 1960-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.Sh ni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda turli xildagi tan jarohatlari olib, tuman markaziy shifoxonasiga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent tumani IIB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismiga koʻra jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan boʻlib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring