“Toshkent” telekanaliga yangi rahbar tayinlandi


Joriy yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston MTRK katta majlislar zalida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi rahbariyati “Toshkent” telekanali jamoasi bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston MTRK rahbariyati tomonidan tizimda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi istiqbolli rejalar haqida ma’lumot berib o‘tildi.
Shuningdek, “Toshkent” telekanalida efirga uzatilayotgan ko‘rsatuv va eshittirishlar haqida tanqidiy-tahliliy fikrlar hamda mavjud teleradiodasturlarning ko‘rimliligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Toshkent” telekanali direktori lavozimiga Abdusamatov Abdumo‘min Abdurashidovich va uning birinchi o‘rinbosari lavozimiga Aliyeva Tatyana Asadullayevna tayinlanganligi ma’lum qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gʻazoda urushning yangi va xavfli bosqichi boshlanishi mumkin — BMT Bosh kotibi
- “Arsenal” jamoasi himoyachi sotib oldi
- 6 oyda sport va dam olish sohasida 2,5 trln soʻmlik xizmat koʻrsatildi
- Nikolas Jekson faoliyatini Germaniyada davom ettiradi
- Hindiston musobaqa mezbonini magʻlub etdi, Erondan qiyin gʻalaba
- Ronaldudan gol, Feliksdan xet-trik
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring