Maktab – bu moʻjiza, kitob, ustozlar oʻtadigan har bir dars – beqiyos xazinadir

16:11 02 Sentyabr 2025 Jamiyat
566 0

Foto: Yunus Boʻriyev, Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bugun mamlakatimizning barcha maktablarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida birinchi qoʻngʻiroq tadbirlari boʻlib oʻtdi. 1-sinf oʻquvchilari ilk bor maktabga qadam qoʻydi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Respublikamiz boʻylab barcha maktab hovlilari bayramona kayfiyatga burkandi. “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati fotomuxbirlari ushbu unutilmas kunni kamera obyektiviga muhrladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2025−2026 oʻquv yilida Oʻzbekiston boʻylab 10 ming 193 ta maktabga 6 million 754 ming 813 nafar oʻquvchi borgan. Ularning 720 ming nafari birinchi sinf oʻquvchilaridir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
 
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Keyingi yillarda maktablarimiz qiyofasi tubdan oʻzgarib, ular tom maʼnoda Yangi Oʻzbekiston timsoliga aylanib bormoqda. Mamlakatimizda taʼlim-tarbiya jarayonlari tobora takomillashib borayotgani, har yili koʻplab yangi oʻquv maskanlari barpo etilayotgani, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, maktab ishi umumxalq harakatiga aylangani – keyingi davrda erishgan eng katta yutuqlarimizdan biri, desak, ayni haqiqatni aytgan boʻlamiz.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
 
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bugun birinchi sinfga qadam qoʻygan 720 ming nafardan ortiq oʻquvchilarga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” tantanali tarzda topshirildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, 2025-yilning oʻzida jami 440 ta maktabda va 226 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Natijada maktablarga qoʻshimcha 115 dan ortiq yangi oʻrinlar yaratilib, mavjud 100 mingdan ortiq oʻrinlar zamonaviy qiyofaga keltiriladi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Yangi oʻquv yilidan barcha taʼlim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qoʻllanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkazilishi hamda “bogʻcha –maktab – oliy taʼlim” tizimida yagona gʻoyaviy tarbiya tizimi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
 
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Yunus Boʻriyev, Akmal Muhammadov (Foto), Otabek Saidahmadov “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер