Hindiston musobaqa mezbonini magʻlub etdi, Erondan qiyin gʻalaba

29-avgust kuni Tojikiston Respublikasining Hisor shahrida joylashgan “Hisor markaziy stadioni”da Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “CAFA National Cup” turniri start oldi.
Musobaqani boshlab bergan bahsda Amir Galenoiy boshchiligidagi Eron terma jamoasi Afgʻoniston terma jamoasini 3:1 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.
Oʻyinda forslarning gollariga Majid Aliyori (2 ta) va Amirhusayn Husaynzodeh mualliflik qildi. Afgʻonlarning yagona javob toʻpi esa Omid Musavi hisobiga yozildi.
Taʼkidlash kerakki, oʻyin FIFA kunlari doirasida oʻtmagani bois, Eron terma jamoasi Afgʻonistonga qarshi legioner futbolchilari xizmatidan foydalana olmadi.
Kunning ikkinchi bahsida esa “B” guruhiga mezbonlik qilayotgan Tojikiston terma jamoasi Hindiston bilan kuch sinashdi. Ammo, qariyb 18 ming muxlis koʻz oʻngida oʻtgan bahs hindlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 5-daqiqasida Hindiston terma jamoasi markaziy himoyachisi Anvar Ali hisobni ochdi. 13-daqiqada esa jamoaning yana bir markaziy himoyachi Jhingan Sandesh hisobni 0:2 koʻrinishiga keltirdi. 28-daqiqada Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan tojikistonlik hujumchi Shahram Samiyev hisobni qisqartirdi.
Oʻyinda hisob boshqa oʻzgarmadi. Hindiston terma jamoasi turnirni gʻalaba bilan boshlab oldi.
Eslatib oʻtamiz, “CAFA National Cup” turnirida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi ishtirok etadigan “A” guruhi oʻyinlari bugun, 30-avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring