Toshkent supermarketlarida 12 xil mahsulot narxi arzonlashdi
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) Toshkentdagi yirik supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxini oʻrgandi.
Qayd etilishicha, MHTI mutaxassislari iyul oyida (tahlil 13-iyun va 11-iyul kunlari oʻtkazilgan) Toshkent shahridagi yirik supermarketlarda 21 nomdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oʻzgarishini koʻrib chiqqan.

Monitoring natijalari 12 xil mahsulot boʻyicha minimal narxlar oʻtgan oydagiga nisbatan pasayganini koʻrsatgan. Narxlarning eng yuqori pasayishi pomidor (-64,3 foiz), banan (-31,9 foiz) va bodring (-31,1 foiz) mahsulotlarida qayd etilgan.
Toʻqqiz nomdagi mahsulotning eng past narxi oʻzgarishsiz qolgan. Bular: guruch, bugʻdoy uni, shakar va boshqalar. Tahlil qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari minimal narxining oshishi qayd etilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring