Toshkent shahrining 2045-yilgacha moʻljallangan bosh rejasi tasdiqlandi

Bosh rejaning asosiy koʻrsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy xoʻjaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq maʼlumot sifatida joylashtiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-dekabrdagi 880-son qaroriga muvofiq, Toshkent shahrining 2045-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan bosh rejasi tasdiqlandi.
Mazkur hujjat poytaxtning barqaror va muvozanatli rivojlanishini taʼminlash, aholining bugungi va istiqboldagi talablarini qondirishga yoʻnaltirilgan boʻlib, ekologik zonalar va madaniy merosni himoya qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda yashil hududlarni kengaytirishni oʻz ichiga oladi.
Qarorga muvofiq, bosh rejada belgilangan koʻrsatkichlarni aks ettiruvchi xaritalar Qurilish va uy-joy xoʻjaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida joylashtiriladi. Ushbu xaritalar ochiq maʼlumot sifatida taqdim etiladi.
Shahar hududida qurilish ishlari faqat bosh reja asosida va tegishli tartibda ishlab chiqilgan master-reja, batafsil rejalashtirish loyihasi yoki qurilish loyihasi tasdiqlangan holda amalga oshiriladi.
Toshkent shahar hokimi bosh rejani amalga oshirish boʻyicha olib borilgan ishlardan har chorak yakunida Vazirlar Mahkamasi Raisligi yigʻilishida hisobot berib boradi.
Bosh rejani ishlab chiqishdan asosiy maqsad esa:
— qurilishga ruxsat berish jarayonlarini tartibga solish;
— shaharning muhandislik hamda yoʻl-transport infratuzilmasini, aholi zichligi parametrlarini, shuningdek, umumiy strategiyasini rejalashtirish;
— shaharning yashil va sanitar himoyalanadigan hududlari hamda madaniy merosini muhofaza qilish;
— Iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish yoʻllarini belgilash;
— Aholining bugungi va istiqboldagi talablarini qanoatlantirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring