Toshkent shahrida ichimlik suvi narxi 3,5 baravar oshishi kutilmoqda
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida ichimlik hamda oqova (kanalizatsiya) suv xizmatlari narxi oshishi kutilmoqda. Bu haqda «Toshkent shahar suv ta’minoti» xabar berdi va bunga sabab sifatida «suv ta’minoti tizimidagi sarf-xarajatlar keskin ortgani»ni ko‘rsatib o‘tgan.
Xususan, aholi uchun bir metr kub suv narxi 1400 so‘m (ayni vaqtda 400 so‘m, o‘sish 3,5 baravar), oqova suv narxi esa 1000 so‘m, yuridik tashkilotlar uchun ichimlik suvi narxi 3000 so‘m, oqova suv narxini esa 2200 so‘m etib belgilash bo‘yicha takliflar Toshkent shahar deputatlar kengashiga taqdim etilgan.
Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahridagi oshishi kutilayotgan suv va kanalizatsiya narxlari Toshkent viloyati hamda respublikaning boshqa hududlaridagi ayni kundagi narxlardan pastligicha qolmoqda. Deputatlar kengashi muhokamasi yakunlaridan kelib chiqib suv va kanalizatsiya narxlari oshish sanasi haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etib boriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring