Toshkent metrosi uchun yangi vagonlar keltirildi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati hamda Rossiyaning “Metrovagonmash” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasidagi hamkorlik doirasida Toshkent metropoliteni uchun zamonaviy vagonlar tayyorlandi.
Toshkent temir yoʻl vokzalida ana shu kelishuvga muvofiq, yurtimizga keltirilgan yangi vagonlarning taqdimotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Qayd etilganidek, poytaxt transport xizmatida Toshkent metropolitening oʻrni beqiyos. Shu bois keyingi yillarda ushbu tarmoqni rivojlantirish, uni har tomonlama qulay va zamonaviy transport vositasiga aylantirish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Dastlabki keltirilgan 20 ta vagon ham ana shunday saʼy-harakatlar samarasidir.

Mutaxassislar fikricha, ushbu vagonlarning qulayliklari juda koʻp. Har bir tarkib 4 ta vagondan iborat. Elektr energiyasini hozirgi foydalanayotgan tarkibga nisbatan 35 foiz tejaydi. Qoʻzgʻalish tezligi yuqori. Shovqinni kamaytiruvchi maxsus moslamaga ega. Shuningdek, uning oynalari ham nafaqat shovqinni, balki issiq va sovuqni ham meʼyorida ushlab turadi. U maxsus havo tozalash tizimiga ega.

Ichkari, tashqari va old tarafdan videokameralar bilan jihozlangan. Eshiklarning yanada kengaytirilgani yoʻlovchilarga chiqib-tushishda katta qulaylik yaratadi. Yana vagonda nogironlik aravachasidagi yoʻlovchilar uchun ham maxsus joy ajratilgan. Eshik yuqorisidagi ekranda esa yoʻnalish va bekatlar haqida maʼlumotlar aks etib turadi. Yoʻlovchilarning vagondan vagonga oʻtish imkoniyati ham mavjud.


Tarkibning biror qismida nosozlik sezilsa, bu haqda maʼlumot avtomatik tarzda tezkorlik bilan mashinistga kelib tushadi. Xullas, vagonlar yasalishidagi zamonaviylikning barchasi yoʻlovchilar uchun.

Bu kabi qulayliklardan yaqin vaqt ichida bahramand boʻlishingiz mumkin. Chunki Toshkent metropoliteni undan yil oxirigacha foydalanishni boshlaydi.
Dilshod ULUGʻMURODOV.
Hasan PAYDOYEV olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring