Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi texnik sabablarga koʻra toʻxtatildi

12:32 08 Aprel 2021 Jamiyat
1206 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Bugun Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi texnik sabablarga koʻra toʻxtatilgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat boʻyicha Transport vazirligi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, taxminan 10:40da Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishi texnik sabablarga koʻra toʻxtatildi. Barcha yoʻlovchilar evakuatsiya qilindi. Sergeli metro yoʻnalishi boʻylab avtobuslar harakati tashkil etilmoqda. Ayni vaqtda, “Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati voqea joyida vaziyatning sabablarini aniqlamoqda. 

“Xalq soʻzi” maʼlumotlariga koʻra, yoʻlovchilarga mazkur yoʻnalishda harakat qachon tiklanishi haqida maʼlumot berilmagan va ularga avtobuslarga chiqishga koʻrsatma berilmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер