Toshkent metropolitenida 204 ta kassa operatori lavozimi tugatiladi
Toshkent metropolitenida elektron toʻlov tizimlari koʻpayib, kassa operatorlariga talab kamaygani sababli 204 ta shunday ish oʻrinlari tugatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, metroda yoʻlovchilarga qulaylik yaratish hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yoʻl haqini toʻlashning 10 dan ortiq turi mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida koʻplab bekatlarda chipta sotib olish uchun moʻljallangan avtomatlashtirilgan bankomatlar oʻrnatilmoqda.
Buning natijasida kassa operatori lavozimidagi xodimlarga boʻlgan talab kamaygan. Shu munosabat bilan yopilgan kassalardagi operator lavozimi ish oʻrinlari, jumladan, birinchi bosqich doirasida 204 ta kassa operatori lavozim shtatlari belgilangan normativ huquqiy hujjatlar asosida qisqartirildi.
Yuqorida taʼkidlangan avtomatlashtirilgan bankomatlarni metropolitenning barcha bekatlarida yil yakuniga qadar oʻrnatish rejalashtirilgan va buning natijasida Toshkent metropolitenida kassa operatori va katta operator lavozimlariga boʻlgan ehtiyoj qolmaydi.
“Shuni inobatga olgan holda, «Toshkent metropoliteni” DUK maʼmuriyati tomonidan faoliyat yuritayotgan operator xodimlar uchun yangi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda. Xususan, xizmat lavozimi qisqartirilayotgan har bir xodimga, oʻz istak va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb-hunar oʻrganish kurslarida ishtirok etish taklif qilinadi. Ular buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik va shu kabi boshqa yoʻnalishlardagi kurslardan birini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi«, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring