Toshkent xalqaro aeroportida 1,5 milliard soʻmlik soatni noqonuniy olib oʻtilishining oldi olindi

12:45 29 Avgust 2024 Jamiyat
156 0

Foto: “Toshkent-Aepo”

Dubaydan kelgan fuqaro 1,5 milliard soʻmlik soatni Toshkentga noqonuniy olib kirmoqchi boʻldi. Bu haqda “Toshkent-Aepo” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 24-avgust kuni soat 02:40 larda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Dubay-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha uchib kelgan Oʻzbekiston fuqarosi tegishli tartibda tekshirilgan.

Natijada unga tegishli boʻlgan qoʻl sumkasi ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, deklaratsiyalanmagan, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish meʼyoridan ortiq boʻlgan, qiymati 1 milliard 540 million 260 ming soʻmlik 1 dona qoʻl soati borligi aniqlangan.

“Jismoniy shaxslarga ogʻirligi 200 grammgacha boʻlgan kumushdan hamda 65 grammgacha boʻlgan oltin va boshqa qimmatbaho metallardan yasalgan tayyor zargarlik buyumlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirmasdan, ushbu miqdorlardan ortiq boʻlganlarini yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yuqoridagi tartibni buzgan fuqaro endilikda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 227 19-moddasi bilan javobgarlikka tortiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?