Toshkent “Katta Dubulg’a” turnirining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi
Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Poytaxtimizdagi muhtasham “Humo” arena mezbonligida o’tayotgan Toshkent “Katta Dubulg’a” turnirining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda O’zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Osiyo Olimpiya Kengashi vitse prezidenti Otabek Umarov, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) bosh direktori Vlad Marinesku hamda O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi.
Marosimda so’z olgan IJF bosh direktori Vlad Marinesku mamlakatimizda dzyudo sporti so’ngi yillarda shiddat bilan rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o’tdi. Bundan 2 yil avval, dzyudo bo’yicha kattalar o’rtasidagi jahon chempionati ham aynan Toshkentda o’tgani va yuqori saviyada tashkil etilganligi tilga olindi. Mamlakatim rahbari tomonidan sportning ushbu turiga alohida e’tibor bilan qaralayotgani va qo’llab-quvvatlanayotgani uchun minnatdorchilik izhor etildi.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov Toshknet “Katta Dubulg’a” turnirini ochiq deb e’lon qildi. Vazir o’z nutqida ushbu nufuzdagi yirik turnir mezbonligini mamlakatimiz yana bir bor qabul qilayotganidan mamnun ekanligini bildirdi. Yurtimizda dzyudoni yanada rivojlantirish maqsadida bosqichma-bosqich dzyudo klublar va maktablari tashkil etilayotganini aytib o’tdi.
Bugungi natijalarga ko'ra, O'zbekiston medallar jamg'arish reytingida ikkinchi o'rinda bormoqda.


















































Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring