“Toshkent issiqlik markazi” assosiz 2,5 mlrd soʻmdan ortiq daromad olgani maʼlum boʻldi
“Toshkent issiqlik markazi” MCHJga 2,5 mlrd soʻmdan koʻproq ortiqcha olingan daromadni qaytarish yuzasidan koʻrsatma berildi, deb xabar bermoqda Raqobat qoʻmitasi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan “Issiqlik elektr stansiyalari” tizimidagi “Toshkent issiqlik markazi” MCHJning 2021-2023-yillar davomida isteʼmolchilarga yetkazib berilgan issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) shakllanishi va qoʻllanilishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib quyidagilar aniqlandi.
Mazkur tabiiy monopoliya subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi narxlari Toshkent shahar moliya organi tomonidan tasdiqlangan boʻlib, unga koʻra har bir Gkal uchun 13,3 m3 suv meʼyorda sarflanishi belgilangan. Qayd etilgan issiqlik energiyasi narxlari (tariflari) boʻyicha haqiqatda qilingan xarajatlar oʻrganilganda har bir Gkal uchun belgilangan meʼyor 14,01 m3ga oshirilganligi aniqlangan.
Natijada jamiyat tomonidan suv sarfiga belgilangan meʼyor 0,71 m3ga oshirilib, 4 728,85 ming m3 ortiqcha suv sarflangan, buning oqibatida 2023-yil davomida sotilgan 6 667 124,3 Gkal issiqlik energiyasi hajmiga nisbatan 2,5 milliard soʻmdan ortiq asossiz daromad olinganligi aniqlangan.
“Toshkent issiqlik markazi” MCHJning yuqoridagi harakatlarida hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning talablari buzilgan deb topilib, jamiyatga nisbatan oʻrnatilgan tartibda ish qoʻzgʻatildi va natijasi yuzasidan ortiqcha olingan daromadni ixtiyoriy ravishda isteʼmolchilarga qaytarish yuzasidan koʻrsatma berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring