Toshkent hayvonot bogʻida ayol kichkina qizalogʻini ayiqlar qafasiga tashladi

20:38 28 Yanvar 2022 Jamiyat
1632 0

Toshkent hayvonot bogʻida 28-yanvar kuni soat 12:00 atrofida ayol oʻz qizini ayiqlar qafasiga tashladi.

Maʼlumotlarga koʻra, ayolning nima sababdan sodir etgani nomaʼlum. Tashrif buyuruvchilar va hayvonot bogʻi xodimlari ayolni toʻxtatishga urinishlariga qaramay, u bolani yirtqichning oldiga uloqtirgan.

Zuzu ismli ayiq sekin zovurga tushib, qizga yaqinlashganda, hidlanib, uzoqlashgan. Yirtqich hayvonlar boʻlimi tezda ayiqni ichki xonaga jalb qila boshlagan.

Bolani qoʻriqxonadan olib chiqib, hayvonot bogʻining tez tibbiy yordam punktida koʻrikdan oʻtkazishdi. Qiz yirtqichdan emas, balki deyarli 5 m balandlikdan qulashdan aziyat chekkan. Dastlabki tekshiruv chogʻida uning tanasida koʻkarishlardan tashqari jiddiy jarohatlar aniqlanmagan.

Ayiq qafasiga qizchani tashlagan odam, qizaloqning oʻz onasi boʻlgan. Ayol homilador ekan. Voqea paytida ayolning oldida yetti yoshli oʻgʻli ham boʻlgan. Ayol IIB xodimlari tomonidan xibsga olingan.

Hozirda huquq-tartibot idoralari ushbu holat sabablarini oʻrganmoqda, bola shifokorlar nazoratida. Toshkent hayvonot bogʻi qizga tibbiy yordam koʻrsatish uchun barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?