Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Adiblar xiyobonida ochiq dars tashkil etildi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan kecha yurtimizning eng xushmanzara maskanlaridan biri boʻlgan Adiblar xiyobonida yoshlarni ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom ruxida tarbiyalash, ularga vatanga muhabbat tuygʻularini singdirish maqsadida “Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi — yoshlar uchun hayot maktabi” mavzusida ochiq namunaviy dars mashgʻuloti oʻtkazildi. Ochiq noanʼanaviy dars mashgʻulotini universitet rektori Alisher Umarov ochib berib, Abdulla Avloniy adabiy merosi, adibning gultoji sanalgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida inson uchun muhim boʻlgan jamiki axloq-odob meʼyorlari, taʼlim – tarbiya masalalari chuqur mushohada qilinganligi toʻgʻrisida ekanligiga, shuningdek, “Inson bu olamning ziynati va toji. Olamdagi hamma narsa faqat uning uchun yaratilganligi, insonni taʼlim olishga, yaxshilik va yomonlik, oq-qoraning farqiga borishga, insof, diyonat, vijdon kabi axloq normalariga rioya etishga chaqirganligiga alohida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bagʻishlab yoʻl xaritasi asosida tizimli olib borilayotgan faoliyat toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Ochiq dars mashgʻulotida Abdulla Avloniy tarixiy-badiiy oʻzbek filmi rejissyori, "Shuhrat" medali sohibi Muzaffarxon Erkinov, Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova, kino teatr aktyori Maʼruf Otajonov, Milliy teatr aktyori Hamza Xasanov, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xodimi, shoira Farogʻat Xudoyqulova, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazining Chilonzor tuman boʻlimi rahbari Umid Tursunov tomonidan Avloniy shaxsiyati, uning taʼlimiy-axloqiy asarlarining bugungi kunda yoshlarimiz uchun muhim ahamiyati va dolzarbligi toʻgʻrisida talabalarga ibratli hikoyalar maʼruza qilib berildi.
Dars yakunida universitet talabalari Abdulla Avloniy ijod namunalari asosida tayyorlagan badiiy chiqishlari bilan barchaga xush kayfiyat ulashishdi. Abdulla Avloniyning ibratli hayot yoʻliga bagʻishlab, ochiq osmon ostida oʻtkazilgan dars mashgʻuloti bugungi dorilamon kunlarni qadriga yetish, vaqtdan unumli foydalanish, shuningdek, adib hayotini oʻrganish va targʻib qilish uchun muhim va ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring