Toshkent aeroportida 4 ayolni fohishalik uchun Turkiyaga yuborayotgan ayol ushlandi

18:28 08 Iyun 2024 Jamiyat
413 0

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Boʻstonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22−43 yosh orasidagi 4 nafar ayolga yaxshi daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilgan.

"U ayollarni fohishalik bilan shugʻullantirish maqsadida Toshkent -Istanbul aviareysi orqali Turkiyaga joʻnatayotgan vaqtida IIBB xodimlari tomonidan ushlab qolindi", deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi / 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?