ToshDOʻTAU rektori talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida talabalarni yangiliklardan xabardor qilish, ularning fikr va takliflarini oʻrganish hamda muloqotni mustahkamlash maqsadida talabalar turar joyi va ijarada yashovchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori, filologiya fanlari doktori, akademik Shuhrat Sirojiddinov ishtirok etdi. U talabalarga taʼlim sohasidagi yangiliklar, universitetda olib borilayotgan ilmiy va madaniy ishlar, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

“Sizlar oʻzbek tili va adabiyotining kelajagisiz. Oʻz bilim va salohiyatingizni oshirib, milliy madaniyatimizni dunyoga tanitishda faol boʻling”, — dedi rektor.
Talabalar oʻquv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, turar joy va ijaradagi yashash sharoitlari boʻyicha savollar berib, takliflar bildirdilar. Xususan, filologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar xalqaro loyihalarda ishtirok etish, dars jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalarni kengroq joriy etish masalalarini koʻtardilar. Shuhrat Sirojiddinov har bir fikr va taklifni tinglab, masʼul xodimlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Tadbir universitet Yoshlar ishlari boʻlimi tomonidan tashkil etildi. Uchrashuv talabalar va rahbariyat oʻrtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, yoshlarning faolligini oshirish va ularni universitet hayotidagi yangiliklardan xabardor etishga xizmat qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring