Toʻrt nafar para atletimiz finalga chiqdi
Fransiya poytaxti Parij shahrida oʻtkazilayotgan XVII Paralimpiya oʻyinlarida hamyurtlarimiz oʻz yurishlarini boshlashdi.
Erkaklar oʻrtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish boʻyicha saralash bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, ushbu masofada startga chiqqan hamyurtlarimiz Muzaffar Tursunxoʻjayev hamda Kiril Pankov saralashni muvaffaqiyatli oʻtkazib, final yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Ushbu yoʻnalishda qatnashgan Islam Aslanov esa oʻz guruhida 6-oʻrinni egalladi va keyingi bosqichga yoʻllanma ololmadi.
Bundan tashqari, ayollar oʻrtasida ham suzish musobaqalarida hamyurtlarimiz oʻzlarining muvaffaqiyatli yurishlarini boshladi. Shoxsanam Toshpoʻlatova hamda Muslima Odilova ham medallar uchun kurashni davom ettiradi.
Qayd etish kerakki, ayollar oʻrtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish boʻyicha saralash bahslari oʻz nihoyasiga yetdi. Ushbu masofada kurash olib borgan para suzuvchilarimiz Muslima Odilova hamda Shoxsanam Toshpoʻlatova ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallab, hal qiluvchi final bosqichiga yoʻllanma oldi.
Ushbu yoʻnalishda final bahslari bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:09 dan soʻng boshlanadi.
Avvalroq, ikki Olimpiada chempionlariga muddatidan oldin podpolkovnik unvonlari berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Davron Kabulovning otasi “oʻgʻrilik” boʻyicha sudlanib, qariyb 345 mln soʻm jarimaga tortilgani maʼlum boʻldi
- Isroil va Eron nizosi yangi bosqichga chiqdi
- Sen yetim emassan: Odamiylik timsoliga aylangan oila
- Prezident yangi qaror imzoladi
- Prezidentning yangi qarori eʼlon qilindi
- Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring