“Toʻrt mazhabboshi imomlardan goʻzal ibratlar” risolasi chop etildi

16:19 06 Noyabr 2023 Madaniyat
219 0

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashrga tayyorlangan “Toʻrt mazhabboshi imomlardan goʻzal ibratlar” risolasi chop etildi. Mazkur risolada toʻrt mazhab – hanafiy, shofeʼiy, molikiy va hanbaliy mazhablari imomlarining hayotiga oid ibratli voqealar bayon etilgan.

Risolada odob-axloq, taʼlim-tarbiya, insoniylik fazilatlarini boyitishga xizmat qiluvchi hamda inson ruhiyatini kamolotga yetkazuvchi sifatlar haqida soʻz boradi. Shuningdek, ajdodlarimizning urf-odat va anʼanalari asosida shakllangan goʻzal odoblarimiz batafsil yoritilgan.

Ulamolarning hayotiga bagʻishlangan tabaqot asarlari asosida Abdushukur Muratov tomonidan tayyorlangan mazkur risola keng kitobxon ommasi uchun moʻljallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?