Toʻrabek Habibullayev ikki karra Olimpiada chempioniga imkoniyatni boy berib qoʻydi

01:25 03 Avgust 2024 Sport
738 0

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Toʻrabek Habibullayev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.

-80 kg vazn toifasida ringga chiqqan bokschimiz “Parij-2024” yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi ikkinchi jangida magʻlubiyatni qabul qilib oldi va medallardan quruq qoldi.

20 yoshli bokschimiz ikki karra Olimpiada chempioni, kubalik Arlen Lopesga qarshi bahs olib bordi. Juda qizgʻin kechgan bahsning birinchi va ikkinchi raundlarida 2:3 hisobida yutqazgan Toʻrabek, uchinchisida faollashib 3:2 hisobida gʻalaba qozondi, ammo bu yetarli boʻlmadi.

Avvalroq, Alisher Yusupov bronza medal sohibi boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?