“Tolibon” Kobuldagi terakt tashkilotchisini oʻldirish orqali ISHIDdan oʻch oldi
Arxiv surat
“Tolibon” harakati vakillari 2021 yilning 26 avgust kuni Kobul xalqaro aeroportida terakt uyushtirgan “Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) guruhi jangarisini yoʻq qildi.
Manbaga izoh bergan Oq uyning strategik aloqalar boʻyicha koordinatori Jon Kirbining soʻzlariga koʻra, yoʻq qilingan terrorchi “ISHID”ning muhim shaxslaridan biri boʻlgan va hujumlarni rejalashtirishda bevosita ishtirok etgan. Shu bilan birga, rasmiy terrorchining ismiga aniqlik kiritmagan.
2021-yilning 26-avgust kuni Kobulda qator teraktlar sodir etildi. Hamid Karzay nomidagi aeroport yaqinida uyushtirilgan ikkita portlash oqibatida 200 nafarga yaqin inson halok boʻldi, ming nafarga yaqin odam tan jarohati oldi.
Halok boʻlganlar orasida afgʻon tinch fuqarolari, 13 nafar amerikalik harbiy, Buyuk Britaniya fuqarolari va “Tolibon” aʼzolari bor edi. Qoʻporuvchilik uchun javobgarlikni ISHID oʻz zimmasiga olgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring