"Tolibon" Kobulda xorijiy diplomatlar uchun ziyofat uyushtirdi
Radikal harakat afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatayotgan davlatlarga minnatdorchilik bildirdi.
"Tolibon" 1-oktabr payshanba kuni Kobuldagi xorijiy diplomatik vakolatxonalar vakillari uchun ziyofat va kechki ovqat uyushtirdi. Bu haqda Lenta.ru xabar berdi.
"Tolibon" vakili voqea aks etgan videolarni Twitter sahifasiga joylashtirgan. Taklif etilganlar orasida Rossiya elchisi Dmitriy Jirnov, Pokiston va Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Mansur Ahmad Xon va Yodgorxoʻja Shodmonovlar bor edi. Uchrashuvda "Tolibon" rahbariyati vakillari, jumladan, muvaqqat hukumat raisining oʻrinbosari etib tayinlangan Mulla Abdul Gʻani Barodar ham qatnashgan.
Tushlik vazirlik binosida boʻlib oʻtgan. Ovqatdan keyin namoz oʻqilgan. Tadbir davomida Mavloniy muvaqqat kabinetida radikallar tomonidan Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri lavozimiga tayinlangan Amir Xon Mottakiy diplomatlarga Afgʻonistondagi “muhim siyosiy oʻzgarishlar” vaqtida oʻz ishlarini davom ettirganlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan tashqari, u “afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatadigan va bizning Vazirlar Mahkamasi bilan muloqot qilish niyatini bildirgan davlatlarga” minnatdorlik bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr bildirgandi hamda Afgʻoniston ayollar futbol jamoasi Pokistonga evakuatsiya qilingandi. Shuningdek, “Tolibon” hukmronligi boshlanganidan beri Afgʻonistonda 153 ta OAV faoliyatini toʻxtatgani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring