Toyloqda yangi tibbiyot muassasasi ish boshladi
Toyloq tumanida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish va aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikaning qoʻshimcha binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur loyiha “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida amalga oshirilib, qurilish ishlari uchun jami 1 milliard 412 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Qurilish ishlari “FAYZ ZAMIN MONTAJ” xususiy korxonasi tomonidan zamonaviy meʼyor va talablar asosida bajarildi.
– Avvalo, bu loyiha tumanimiz aholisi uchun juda muhim, – deydi tuman hokimi Behzod Rahmatullayev. – Yangi poliklinika binosining ishga tushirilishi orqali minglab fuqarolarimizga sifatli, zamonaviy va qulay sharoitlarda tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Fuqarolarning bevosita tashabbus va takliflari asosida barpo etilgan ushbu tibbiyot obyekti hududda ijtimoiy infratuzilmani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Yangi tibbiyot muassasasi foydalanishga topshirilishi natijasida tuman markazida joylashgan Charogʻbon, Bogʻichinor, Birlik va Sariosiyo mahallalarida istiqomat qiluvchi qariyb 17 ming nafar aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini sifatli va tezkor koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Muassasa 2-tip oilaviy poliklinika sifatida faoliyat yuritib, uning tarkibida 6 ta tibbiy brigada aholi salomatligini muntazam nazorat qilish, kasalliklarning oldini olish, erta tashxis qoʻyish va samarali davolash ishlarini olib boradi. Poliklinika zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, ultratovush (UZI) apparati bilan jihozlangan. Shuningdek, muassasada pediatr va ginekolog mutaxassislar faoliyat yuritib, bolalar va ayollar salomatligini muhofaza qilish, onalik va bolalikni himoyalash yoʻnalishida sifatli tibbiy xizmat koʻrsatmoqda.
Akmal Mirzoyev,
Toyloq tumani hokimligi axborot xizmati rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring