Toyloq tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:17 05 Avgust 2025 Jamiyat
179 0

Foto: Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyatining Toyloq tumani hokimi oʻzgardi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 5-avgust kuni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazilgan. Unda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishi borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga toʻxtalgan.

Shuningdek, sessiyada tashkiliy masala ham koʻrilgan. B.Bobonazarov oʻz arizasiga koʻra, Toyloq tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan. Viloyat rahbari Rahmatullayev Bexzod Rahmatullayevich nomzodini Toyloq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirgan. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.

Bexzod Rahmatullayev tayinlovga qadar Samarqand viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?