Togʻli hududlarga chiqqanda nimalarga amal qilish kerak?

16:24 01 Yanvar 2026 Jamiyat
446 0

Favqulodda vaziyatlar vazirligi togʻli hududlarga dam olish yoki sport bilan shugʻullanish maqsadida chiqishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarurligini eslatdi.

Maʼlum qilishicha, togʻli hududlarda harakatlanish chogʻida bir qator muhim tavsiyalarga amal qilish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini saqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xususan, “Diqqat! Qor koʻchishi xavfi mavjud” belgisi oʻrnatilgan hududlarga kirmaslik qatʼiy tavsiya etiladi.

Shuningdek, togʻli hududga chiqishdan oldin boriladigan yoʻnalish va manzil haqida yaqinlarga xabar berish, yolgʻiz holda togʻli hududlarga chiqmaslik va imkoni boricha tajribali yoʻl boshlovchi bilan harakatlanish kerakligi uqtirilmoqda.

Taʼkidlanishicha, changʻi va snoubord xavfli sport turlari qatoriga kiradi. Shu sababli uchish paytida:

  • maxsus himoya vositalari va shlem (kaska)dan foydalanish;
  • uskunalarning soz holda boʻlishi;
  • trassada oʻrnatilgan yoʻl belgilarga qatʼiy rioya qilish;
  • mast holda trassaga chiqmaslik;
  • pastga tushish yoʻnalishida toʻxtab turmaslik;
  • yuqoriga koʻtarilish yoʻnalishi boʻylab pastga tushmaslik lozim.

Bundan tashqari, yoʻlni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududlarda uchish taqiqlanadi.

Yiqilish yoki shikastlanish holatida imkoni boricha tez trassani boʻshatish yoki atrofdagilarga belgi berish, instruktor yoki qutqaruvchilarga zudlik bilan xabar berish talab etiladi. Baxtsiz hodisa sodir boʻlgan taqdirda jabrlanuvchiga yordam koʻrsatish har bir changʻi yoki snoubord uchuvchisining burchi hisoblanadi.

Togʻli hududga ilk bor chiqqan shaxslarga uzoq masofalarga chiqmaslik, oldindan reja asosida harakatlanish va guruh bilan yurish tavsiya etiladi. Shuningdek, uyali aloqa vositalarini doimo oʻzingiz bilan olib yurish muhim.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi eslatishicha, bayram kunlari mamlakatimizdagi barcha togʻli dam olish maskanlarida FVV xodimlari tomonidan kuchayu-kunduz navbatchilik tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер