“Titanlar jangi”da “Enfild” egalari gʻalaba qozondi
Kecha, 31-avgust kuni Angliya premyer-ligasining 3-tur bahslari yakunlandi. Turning bezagiga aylanishi kutilgan bahs Liverpul shahrida joylashgan “Enfild” stadionida boʻlib oʻtdi. Unda bu yilgi APL chempionligiga asosiy daʼvogar sifatida eʼtirof etilayotgan “Liverpul” va “Arsenal” jamoalari oʻzaro toʻqnash keldi.
Uchrashuv Arne Slot boshchiligidagi jamoaning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga “Liverpul”ning universal futbolchisi Dominik Soboslai mualliflik qildi.
“Arsenal”da mazkur oʻyin oldidan jiddiy yoʻqotishlar bor edi. Ushbu oʻyinning 4-daqiqacida “toʻpchilar”ning yana bir asosiy himoyachisi Uilyam Saliba jarohat olib maydonni tark etdi. Bu yoʻqotish ham “londonliklar” oʻyiniga taʼsir etmay qolmadi. Shu tariqa Mikel Arteta oʻzaro toʻrtinchi oʻyinida ham Arne Slotni magʻlub eta olmadi.
Endi “Liverpul” APLdagi navbatdagi oʻyinini 14-sentyabr kuni “Bernli” jamoasi maydonida oʻtkazadi. “Arsenal” esa 1-sentyabr kuni oʻz maydonida “Nottingem Forest”ni qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring