Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Mamlakatimizda tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, sogʻliqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, sohaga doir dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli amalga oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, yuqori salohiyatga ega mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abdumavlonova Nasiba Abduqodirovna - Toshkent viloyati 2-ruhiy kasalliklar shifoxonasining ayollar boʻlimi mudiri
Avezov Davlat Qurbanbayevich - Tibbiyot bosh boshqarmasining 1-markaziy klinik shifoxonasi shoshilinch kardiologiya boʻlimi mudiri
Moʻminov Xusanboy Najimidinovich - Oltinkoʻl tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi bolalar anesteziolog-reanimatologi, Andijon viloyati
Abduhakimov Shosaid - Qorakoʻl tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi psixiatri, Buxoro viloyati
Muxamedova Mashkura - Respublika qon quyish markazining qon va uning komponentlarini tayyorlash boʻlimi transfuziologi
Usmanov Rustam Muzaffarovich - Toshkent shahridagi 3-yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi
Xidirov Abdurasul Nurbayevich - Shahrisabz tumani tibbiyot birlashmasi terapevti, Qashqadaryo viloyati
I darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Xakimova Zulfiya Xurmatovna - Toshkent tumanidagi “N.Boymuhamedov” qishloq vrachlik punkti mudiri, Toshkent viloyati
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Abdullayeva Dilorom - Gʻallaorol tumanidagi 10-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri, Jizzax viloyati
Abduxolikova Tuxtaposhsho Nurmatovna - Mingbuloq tumanidagi “Qoʻgʻalikoʻl” oilaviy shifokorlik punkti katta hamshirasi, Namangan viloyati
Achilova Gulzora Sayidmuradovna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasining tibbiy-sanitariya boʻlimi bolalar yuqumli kasalliklar boʻlinmasi mudiri, Navoiy viloyati
Jumabayeva Gulmira Urazimbetovna - Qoʻngʻirot tumanidagi 70-oilaviy poliklinikasi mudiri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Kaxarova Dilorom - Surxondaryo viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya boʻlimi shifokori
Rustamova Dilbara Urushovna - Boyovut tumanidagi 7-oilaviy poliklinikasi mudiri, Sirdaryo viloyati
Yusupova Mexribon Qadamovna - Qoʻshkoʻpir tumanidagi 23-oilaviy poliklinikasi mudiri, Xorazm viloyati
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Aytekov Bakir Shukirlayevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpogʻiston filiali reanimatsiya boʻlimi shifokori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Alimov Daniyar Anvarovich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi direktori
Alimova Ashira Uralovna - Sirdaryo tumanidagi “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi psixiatri, Sirdaryo viloyati
Alixojayeva Nazorat Aripxodjayevna - Furqat tumanidagi “Ingichka” oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Fargʻona viloyati
Aripova Matluba Narturayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Surxondaryo filiali tez tibbiy yordam boʻlimi shifokori, Surxondaryo viloyati
Bustonova Gulshoda Ashiraliyevna - Uchquduq tumani koʻp tarmoqli poliklinikasi dermatovenerologi, Navoiy viloyati
Ikramova Iroda Tashxodjayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyati filiali katta hamshirasi
Madaminov Alisher Askarovich - Xoʻjayli tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi travmatologi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Norkuziyev Sherali Safaraliyevich - Samarqand viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining angioxirurgiya va transplantatsiya boʻlimi mudiri
Odilova Jamila Kiyamovna - Qashqadaryo viloyati perinatal markazining reanimatsiya boʻlimi hamshirasi
Roʻzmetova Xaitjon Qalandarovna - Bogʻot tumani tibbiyot birlashmasi terapevti, Xorazm viloyati
Rustamov Baxromkul Suyunovich - Mirzachoʻl tumani tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar boʻlimi infeksionisti, Jizzax viloyati
Sultanova Dilbar Xamidullayevna - Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining funksional diagnostika boʻlimi shifokori
Suyumov Azamat Sayfullayevich - Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi boʻlimi jarrohi
Xafizova Tuxtaxon Yaxyayevna - Buxoro viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining gastroenterologiya boʻlimi shifokori
Xoʻjamberdiyev Abdusalom Ubaydullayevich - Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali yurak-qon tomir xirurgiyasi boʻlimi mudiri, Namangan viloyati
Sharobiddinov Faxriddin Rivojiddinovich - Toʻraqoʻrgʻon tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi «Shaxand» shoxobchasi shifokori, Namangan viloyati
Yuldashev Abdulaziz Abdumalikovich - Toshkent shahridagi 1-bolalar klinik shifoxonasining reanimatsiya boʻlimi anesteziolog-reanimatologi
Yakubov Odiljon Nazirovich - Andijon tumanidagi “Haqiqat” oilaviy shifokorlik punkti katta feldsheri, Andijon viloyati
“Doʻstlik” ordeni bilan
Azizova Dilbar Basatovna - Namangan viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining neonatologiya boʻlimi shifokori
Allazov Feruz Niyazovich - Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali patomorfologiya boʻlimi mudiri, Samarqand viloyati
Dimitrova Tatyana Ivanovna - U.Qurbonov nomidagi Respublika bolalar ruhiy-asab shifoxonasi katta hamshirasi
Iskandarova Sayyoraxon Mutalibovna - Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasining qon quyish boʻlimi hamshirasi, Fargʻona viloyati
Kaipov Saparbay Urazbayevich - Chimboy tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimi jarrohi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Prudskova Tatyana Nikolayevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali terapiya boʻlimi kardiologi, Jizzax viloyati
Xaymatov Yoʻlchivoy Yormatovich - Parkent tumani tibbiyot birlashmasining reanimatsiya boʻlimi mudiri, Toshkent viloyati
Sharapov Saypulla Erkayevich - Mirishkor tumanidagi “Chandir” qishloq shifoxonasi bosh shifokori, Qashqadaryo viloyati
Yugay Igor Aleksandrovich - Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi neyroxirurgi
Yusupova Bates Adenbayevna - Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasi bolalar allergonevrologiya boʻlimi kichik tibbiy xodimi
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Ashurova Manzuraxon Djaloldinovna - Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot institutining ovqatlanish, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi kafedrasi mudiri, Fargʻona viloyati
Jalilov Shukurillajon Xudoyberdiyevich - Andijon shahridagi “Sogʻlom turmush” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Abdiyev Kadam Atabayevich - Urganch tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi feldsheri, Xorazm viloyati
Juraliyev Muzaffar Juraliyevich - Bolalar milliy tibbiyot markazining kardiologiya boʻlimi shifokori
Karimov Jurabek Sunatulloyevich - Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining diagnostika boʻlimi shifokor-surdologi
Muydinov Javlonbek Ibroximovich - Fargʻona viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazining kardioxirurgiya boʻlimi mudiri
Murtazayev Jasur Bobonazarovich - Qarshi shahridagi «Nevromed shifo maskani» xususiy klinikasi rahbari, Qashqadaryo viloyati
Muxammadiyeva Laziza Yarkulovna - Olmazor tumani tibbiyot birlashmasining tumanlararo ftiziatriya dispanseri ftiziatri, Toshkent shahri
Nasriyeva Dilafroʻz Savriddinovna - Vobkent tumanidagi “D.Boboqulov” oilaviy shifokorlik punkti mudiri, Buxoro viloyati
Nurullayev Nisbatullo Nasrulloyevich - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sirdaryo filiali kardioterapevtik reanimatsiya boʻlimi mudiri, Sirdaryo viloyati
Raximov Sherzodbek Alisherovich - Andijon tumanidagi “Malika laboratories” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Andijon viloyati
Raxmanova Dilbar Ibragimovna - Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasining yuqumli kasalliklar boʻlimi shifokori
Abdusamatov Shovkat Abdumuxtorovich - Fargʻona shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Fargʻona viloyati
Avazov Ravshonbek Narimovich - Urganch shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Xorazm viloyati
Ishmuxamedov Xasan Tishabayevich - Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi haydovchisi
Kamalov Kosimbet Jamalovich - Nukus shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Qosimov Isomiddin Masaqulovich - Navbahor tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Navoiy viloyati
Nabiyev Abdumalik Muydinovich - Namangan shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Namangan viloyati
Nazarov Arif Beknazarovich - Guliston shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Sirdaryo viloyati
Nazarov Panji Xolliyevich - Koʻkdala tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Qashqadaryo viloyati
Raxmatov Shuxrat Xoshimovich - Zangiota tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Toshkent viloyati
Oʻrinov Yoqubjon Joʻrayevich - Qorakoʻl tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Buxoro viloyati
Xamidkulov Baxrom Saidovich - Sharof Rashidov tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Jizzax viloyati
Sharipov Rustam Abduraximovich - Boysun tumani tibbiyot birlashmasining “Darband” hududiy tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Surxondaryo viloyati
Egamnazarov Shokir Normurotovich - Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Samarqand viloyati
Yusupov Baxodir Temirovich - Andijon shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam boʻlimi haydovchisi, Andijon viloyati
Toʻymurodov Zafar Mardiyevich - Qoʻshrabod tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining sanitariya-gigiyena laboratoriyasi shifokor-laboranti, Samarqand viloyati
Xolboyev Ulugʻbek Boboyarovich - Surxondaryo viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining neyroxirurgiya boʻlimi mudiri
Xushvaqtov Oʻtkir Shonazarovich - Navoiy viloyati koʻp tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik boʻlimi mudiri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring