Tibbiyot xodimi faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi

10:50 28 Mart 2023 Hujjatlar
1771 0

Foto: Arxiv surat

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun javobgarlik belgilanishi munosabati bilan Prezident tomonidan imzolangan Qonunga (OʻRQ–827, 27.03.2023-y.) asosan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritildi.

Unga koʻra, mazkur Kodeks quyidagi mazmundagi norma bilan toʻldirildi:

Tibbiyot xodimining qonuniy tibbiy faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki shu maqsadda tibbiyot xodimiga qonunga xilof ravishda har qanday shaklda taʼsir oʻtkazish:

— fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 7 baravarigacha (1,5 mln soʻmdan 2,1 mln soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 10 baravarigacha (2,1 mln soʻmdan 3 mln soʻmgacha) miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?