Tibbiy taʼlim sifatini baholash boʻyicha uch bosqichli tizimga oʻtiladi
Tibbiyot oliygohlarining bakalavr bosqichida talabalarning fundamental va klinik fanlar boʻyicha bilimi baholanadi. Rezidenturani tugatgan shifokorlar esa ixtisosligi boʻyicha imtihondan oʻtkaziladi. Shundan keyin mutaxassis davlat roʻyxatidan oʻtadi va unga tibbiy faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.
Koʻp vaqtini bemor oldida oʻtkazadigan ham, muolajalarni bajaradigan ham – hamshiralar.
Endilikda oddiy muolajani qiladigan emas, tashxis, davolash va profilaktikada shifokorga koʻmakchi boʻladigan hamshiralarni tayyorlashga oʻtish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Buning uchun Hamshiralar akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti tasarrufiga oʻtkazilib, negizida Oliy kasbiy tibbiyot akademiyasi tashkil qilinadi.
Akademiya AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar oliygohlari bilan birga kelasi yildan oliy maʼlumotli hamshira tayyorlashni boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring